Farg‘onada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

eʼlon qilindi
Ularga nisbatan 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi
Farg‘onada 10 kgga yaqin giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Foto: DXX videosidan ekran tasviri

Farg‘ona viloyatida 10 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, yirik miqdordagi giyohvand moddalar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Ular keyinchalik Surxondaryo hududi orqali Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi dala maydoniga yashirib qo‘yilgan.

Tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan tadbirkor va uning 1989-yilda tug‘ilgan sherigi ushbu yashirin joydan 9 kg 896 gr «gashish»ni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ushlanish vaqtida gumonlanuvchilardan birining yonidan $14,5 ming hamda 6 mln 250 ming so‘m pul mablag‘lari topilgan.

Video: DXX

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida jinoyatga aloqador yana bir shaxsning uyidan 110 gr «opiy», 2 ta elektron tarozi, $1,2 ming va 28 mln so‘m aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Keyingi tergov harakatlari davomida ushbu noqonuniy faoliyatga yana ikki nafar shaxs, ya’ni 1990 va 1995-yillarda tug‘ilgan aka-ukalar ham aloqador ekani ma’lum bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘dod tumani sudi hukmiga ko‘ra, jami 5 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topildi. Ularga nisbatan 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda fuqaro sud qaroridan noroziligini noodatiy yo‘l bilan bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek