Yangi iPad’lar «Malika»da sotuvga chiqdi: narxlar 520 dollardan boshlanadi

Apple kompaniyasi yangi iPad modellarini taqdim etdi. Taqdimotdan so‘ng ular Toshkentdagi «Malika» bozorida ham sotuvga chiqdi.
Kursiv Uzbekistan sotuvchilar bilan suhbatlashib, narxlar haqida ma’lumot to‘pladi. Unga ko‘ra, qurilmalar turli konfiguratsiyalarda taklif etilmoqda va narxlar model hamda xotira hajmiga qarab farqlanadi.
Eng arzon model sifatida iPad A16 ko‘rsatilmoqda. Uning 128 GB xotiraga ega Wi-Fi versiyasi taxminan $520 – 580 atrofida baholanmoqda. SIM-kartali varianti esa $720 – 800 ni tashkil etadi. 256 GB versiya $620 – 700, 512 GB modeli esa $780 – 880 oralig‘ida sotilmoqda.
iPad mini 7 modeli biroz qimmatroq. 128 GB Wi-Fi varianti $620 – 700, SIM-kartali turi esa $880 – 980 atrofida. 256 GB Wi-Fi versiyasi $760 – 850 bo‘lsa, SIM bilan jihozlangan varianti $1000 – 1150 gacha boradi.
iPad Air M3 ikki xil o‘lchamda sotuvga chiqqan. 11 dyuymli modelning 128 GB Wi-Fi varianti $750 – 850, SIM-kartali versiyasi $1000 – 1150 atrofida. 256 GB versiyasi esa $880 – 980ni tashkil etadi. 13 dyuymli model esa $900 – 1050dan boshlanib, SIM va 256 GB xotirali varianti $1300 – 1450 gacha boradi.
Flagman qurilmalar qatoriga kiruvchi iPad Pro M4 ancha yuqori narxda taklif etilmoqda. 11 dyuymli model 256 GB Wi-Fi bilan $1200 – 1350 dan boshlanib, yuqori konfiguratsiyalarda $2000 – 2200 gacha yetadi. 13 dyuymli versiya esa $1400 – 1600 dan boshlanib, maksimal variantlari $2200 – 2400 ga baholanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Malika» bozorida iPhone 17 modellari qanday narxda sotilayotgani haqida yozgandi.