Geely yangi Atlas krossoverini taqdim etdi — narx

2-aprel 2026 20:06 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Geely yangi Atlas krossoverini taqdim etdi — narx / Foto: Carnewschina

Geely kompaniyasi Xitoy bozorida yangilangan Geely Atlas (Boyue EREV) krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda Carnewschine avtonashri ma’lum qildi.

Yangi model $14,9 mingdan $16,7 minggacha bo‘lgan narxlarda taklif etilmoqda. Avtomobil CLTC sikliga ko‘ra elektr rejimida 375 km gacha, umumiy hisobda esa maksimal 1525 km masofani bosib o‘ta oladi.

Krossover 1,5 litrli dvigatel va 160 kVt quvvatga ega elektromotor bilan jihozlangan. U 28,3 kVt·soat va 50,4 kVt/soat sig‘imli litiy-temir-fosfat batareyalar bilan taqdim etiladi. Katta sig‘imli batareya 375 km, kichik sig‘imli esa 220 km elektr yurish imkonini beradi. Umumiy yurish zaxirasi mos ravishda 1525 km va 1400 km masofani tashkil etadi.

Foto: Carnewschina

Yoqilg‘i sarfi batareya to‘liq zaryadsizlangan holatda 100 km ga 4,95 litrni, WLTC standartida esa 5,15 litrni tashkil etadi. Batareya 3C tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlab, 30 foizdan 80 foizgacha taxminan 15 daqiqada quvvatlanadi. Shuningdek, 6 kVt quvvatli tarmoq orqali zaryadlash imkoniyati ham mavjud.

Salon 8,8 dyuymli asboblar paneli va 14,6 dyuymli markaziy displey bilan jihozlangan. Avtomobil Flyme Auto tizimida ishlaydi hamda Flyme Link, Huawei HiCar va Carlink kabi ulanish protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘shimcha ravishda 50 Vt simsiz zaryadlash, 16 ta dinamikli audio tizim va 15 dyuymli proyeksion displey kabi opsiyalar taklif etiladi.

Foto: Carnewschina

Eslatib o‘tamiz, GWM kompaniyasi tomonidan yangi Tank 700 modellari taqdim etilgan edi.

Shuningdek