Iroq neft eksportini avtotransport orqali tiklay boshladi

eʼlon qilindi
Bu qaror Yaqin Sharqdagi urush fonida energiya bozori izdan chiqqan bir paytda qabul qilingan
Iroq neft eksportini avtotransport orqali tiklay boshladi
Foto: Pexels

Iroq neft eksportini avtotransport orqali tiklashga kirishdi. Mamlakat Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, endi xom neft Suriya hududi orqali eksport qilinmoqda.

Bu qaror Yaqin Sharqdagi urush fonida energiya bozori izdan chiqqan bir paytda qabul qilingan. Avvalroq Eron hujumlari va tahdidlari sabab Hormuz bo‘g‘ozi deyarli yopilib qolgan edi. Shu bois Iroq o‘z neftini eksport qilish uchun muqobil yo‘llar izlashga majbur bo‘lgan.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Suriya Iroq neftining xavfsiz tranzitini ta’minlaydi. Eksport hajmi bosqichma-bosqich oshiriladi. Ammo aniq hajmlar va muddatlar hozircha ochiqlanmagan. Manbalarga ko‘ra, dastlabki bosqichda 299 ta yuk mashinasi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan 178 tasi allaqachon O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi Baniyas portiga yetib borgan. Bu Iroq neftining Suriya orqali amalga oshirilayotgan ilk yirik partiyasi hisoblanadi.

Suriya davlat neft kompaniyasi vakili Safvon Shayx Ahmadning aytishicha, yuk mashinalari orqali kelgan neft Baniyas terminalida tushiriladi va keyin dengiz tankerlariga yuklanib, eksport qilinadi. Unga ko‘ra, qolgan yuklar ham yaqin kunlarda yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron Hormuz bo‘g‘ozida ayrim kemalardan $2 mlndan olayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek