Turkiy davlatlar savdo-sanoat ittifoqi tuziladi

eʼlon qilindi
Bu dastur ishlab chiqarishda to‘liq qiymat zanjirini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda
Turkiy davlatlar savdo-sanoat ittifoqi tuziladi
Foto: Anadolu

2-aprel kuni Boku shahrida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston turkiy davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish uchun turkiy davlatlar tashkiloti doirasida iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengash tashkil etish muhim. Ushbu tuzilma bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida faoliyat yuritishi taklif qilindi.

Foto: Azertag

Aripov turkiy davlatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu sababli savdo-sanoat palatalari ittifoqini tashkil etish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, strategik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif qilindi. Bu dastur ishlab chiqarishda to‘liq qiymat zanjirini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Video: Azertag

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Turkiy davlatlar hamkorligi uchun «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek