Volkswagen ID.Aura elektromobili sinovdan o‘tkazilmoqda

3-aprel 2026 11:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volkswagen ID.Aura elektromobili sinovdan o‘tkazilmoqda
Foto: Autohome

Volkswagen kompaniyasining yangi Volkswagen ID.Aura elektromobili yo‘l sinovlari vaqtida suratga tushirildi. Model 2026-yilda bozorga chiqishi kutilmoqda.

Yangi avtomobil o‘rta o‘lchamli elektr krossover bo‘lib, kompaniyaning LiDAR texnologiyasi bilan jihozlangan ilk modeli hisoblanadi. U ilk bor 2025-yil Shanxay avtosalonida ID.Era va ID.Evo modellari bilan birga namoyish etilgan edi.

Foto: Autohome

Ma’lumotlarga ko‘ra, model CEA elektron platformasiga asoslangan. Ushbu arxitektura Xpeng bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Platforma elektron tizimlarni soddalashtirib, avtomobil samaradorligini oshiradi. Tashqi ko‘rinishda yopiq old panjara, bo‘lingan faralar va tom qismida joylashgan LiDAR sensori e’tiborni tortadi. LED kunduzgi chiroqlar old qism bo‘ylab uzluksiz chiziq ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Autohome

Avtomobil zamonaviy haydovchi yordam tizimlari bilan jihozlanadi. Ular Horizon Robotics bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, keng qamrovli haydash yordam funksiyalarini taqdim etadi. ID.Aura’ning rasmiy taqdimoti 2026-yilning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Sotuvlar esa yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen ID. Era 9X avtomobili oldindan buyurtmaga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek