Taxtaqoracha dovonida tunnel qurish muzokaralari boshlandi

eʼlon qilindi
Dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel barpo etiladi
«Taxtaqoracha» dovonida tunnel qurish muzokaralari boshlandi
Foto: Kitob tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan «Taxtaqoracha» dovonida tunnel qurish muzokaralari boshlandi. Bu haqda Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kitob tumani hokimi Rustam G‘afurov hamda Yaponiyaning JICA vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tunnel qurilishi loyihasi yuzasidan xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqilgan.

Foto: Kitob tumani hokimligi

Ma’lumotlarga ko‘ra, dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel barpo etish rejalashtirilmoqda. Muzokaralarda zamonaviy muhandislik yechimlari, xavfsizlik talablariga mos infratuzilma yaratish hamda transport qatnovini yengillashtirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu loyiha hududlararo transport aloqalarini sezilarli darajada yaxshilashini ta’kidlanmoqda. Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi oshishi va iqtisodiy faollik kuchayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentdan Nurafshongacha 30 daqiqalik avtobus yo‘lagi qurilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek