Tojikistondagi zilzila Toshkentda ham sezildi
eʼlon qilindi
Qo‘shni respublikada yer silkinishining magnitudasi 5,5 ga teng bo‘ldi

Bugun, 3-aprel kuni taxminan 15:26 da Tojikistonda yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring ma’lum qildi. Qo‘shni respublikada yer silkinishining magnitudasi 5,5 ga teng bo‘ldi.
Zilzila episentri yer yuzasidan 10 km chuqurlikda joylashgan. U Toshkent shahridan 269 km janubiy-sharqda qayd etildi. Zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi. Eng kuchli silkinish Farg‘ona viloyatida 3 ballni tashkil etdi.
Namangan, Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 2 ball atrofida sezildi. Toshkent shahrida ham 2 ball kuchida qayd etildi.
Esklatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator tumanlarida sezilgani haqida yozgan edi.