Hafta davomida dollar kursi qanchaga pastladi

eʼlon qilindi
Dollar kursi hafta davomida 45,66 so‘mga pasaydi
Hafta davomida dollar kursi qanchaga pastladi
Foto: Depositphotos

Dollar kursi hafta davomida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari haqida so‘z boradi.

Hafta boshida AQSh dollari kursida o‘sish kuzatildi. 30-mart kuni valyuta 15,63 so‘mga qimmatlab, 12 195,50 so‘mni tashkil etdi. Oradan bir kun o‘tib, 31-mart kuni dollar yana 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mga yetdi.

Dollarning o‘zgarishi

Foto: Valyuta birjasidan ekran tasviri

Biroq aprel boshidan boshlab kurs pasayishni boshladi. 1-aprel kuni dollar 16,50 so‘mga arzonlab, 12 194,21 so‘mni tashkil etdi. 2-aprel kuni pasayish yanada keskinlashdi va valyuta 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘mgacha kamaydi. 3-apreldan boshlab esa dollar yana tiklana boshladi. Shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga ko‘tarilib, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi.

Umumiy olganda dollar kursi hafta davomida 45,66 so‘mga pasaydi.

Savdo hajmlari qanchaga yetdi:

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri
SanaMiqdor
30-mart1,75 trln so‘m
31-mart1,52 trln so‘m
1-aprel0,81 trln so‘m
2-aprel1,74 trln so‘m
3-aprel1,93 trln so‘m

Valyuta birjasida hafta davomida umumiy 7,74 trln so‘mlik dollar xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 6-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek