Angliya kubogi: Husanov 90 daqiqa o‘ynagan bahsda «Man Siti» «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

4-aprel 2026 18:52 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Getty Images

Angliya kubogi chorak finalida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar o‘yinni faol boshladi va hisob 39-daqiqada ochildi. Erling Haland penaltidan uchrashuvda hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda u dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Antoine Semenyo hisobni yiriklashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Haland yana gol urib, xet-trik qayd etdi. 57-daqiqadan keyin hisob o‘zgarmadi. 64-daqiqada Muhammad Salah penaltini golga aylantira olmadi. Zarbani darvozabon qaytardi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Shu tariqa Pep Gvardiola jamoasi yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek