Orion kemasi Oyda noyob Orientale kraterini suratga oldi

eʼlon qilindi
Artemida II missiyasi ekipaji tomonidan
Foto: NASA

NASAning Orion kosmik kemasi Oyga parvoz davomida kamdan-kam kuzatiladigan Orientale havzasining to‘liq tasvirini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda NASA Artemis xabar berdi.

NASA tomonidan e’lon qilingan yangi surat Artemida II missiyasi ekipaji tomonidan olingan. Unda Oy diskining chekkasida joylashgan mashhur Orientale Basin aniq ko‘rinishda aks etgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ilk bor ushbu ulkan krater tizimi deyarli to‘liq holatda oddiy kuzatuv orqali ko‘rinmoqda.

Ayni paytda Orion kemasi Oy sari yo‘lning uchdan ikki qismini bosib o‘tgan. Parvozning to‘rtinchi kunida astronavtlar Oy atrofidan uchib o‘tish jarayoni uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda hamda kemani qo‘lda boshqarish mashqlarini bajarmoqda.

Shu bilan birga, NASA yangi optik aloqa tizimini ham sinovdan o‘tkazdi. Ushbu texnologiya kelajakda Oy va hatto Marsga amalga oshiriladigan missiyalar uchun muhim ahamiyat kasb etishi kutilayotir.

Ma’lumot uchun, Orientale havzasi – Oy yuzasidagi eng yosh va yaxshi saqlanib qolgan ko‘p halqali zarba kraterlaridan biri bo‘lib, kuchli to‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan NASA Marsda rekord darajada nikel topgani haqida yozgandi.

Shuningdek