XVJ tokenlashtirish moliyaviy inqirozlarni tezlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi

eʼlon qilindi
xvj
Tokenizatsiya oddiy texnologik yangilanish emas, balki moliya tizimining tubdan o‘zgarishidir
XVJ tokenlashtirish moliyaviy inqirozlarni tezlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi
FotoL The News Pakistan

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) global moliya tizimida tokenlashtirish jarayonlari yangi xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloomberg nashriga ko‘ra, blokcheynga asoslangan savdo infratuzilmasi inqirozlar tezligini oshirib, regulyatorlarning aralashish imkoniyatini cheklashi mumkin.

XVJ vakili Tobias Adrianning hisobotida ta’kidlanishicha, tokenizatsiya oddiy texnologik yangilanish emas, balki moliya tizimining tubdan o‘zgarishidir. Bu jarayon aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarni raqamli tokenlarga aylantirish orqali savdoni tezlashtiradi.

Yirik moliya institutlari allaqachon ushbu texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Jumladan, BlackRock va JPMorgan kabi kompaniyalar tokenizatsiya asosida yangi savdo mexanizmlarini test qilmoqda. Nasdaq esa AQSh regulyatoridan tokenlashtirilgan aksiyalarni savdoga qo‘yish uchun ruxsat so‘ragan. Shuningdek, Nyu-York fond birjasi blokcheyn asosida 24 soat ishlaydigan savdo maydonchasini yaratish ustida ishlamoqda. Bu tizim orqali aksiyalar va ETF’lar uzluksiz savdo qilinishi mumkin bo‘ladi.

Biroq XVJ bu jarayonning salbiy tomonlariga ham e’tibor qaratmoqda. Adrian fikricha, an’anaviy tizimdagi hisob-kitob kechikishlari inqiroz vaqtida regulyatorlar uchun muhim «zaxira vaqt» vazifasini bajaradi. Tokenizatsiya esa bu kechikishni yo‘qotib, xavfli vaziyatlarda tezkor inqirozlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Yangi tizimda savdolar deyarli darhol amalga oshadi. Bu esa margin talablari tez ishga tushishiga olib keladi va regulyatorlar aralashishga ulgurmasligi mumkin. Bundan tashqari, tokenizatsiya 24/7 rejimida ishlaydi, holbuki markaziy banklarning favqulodda mexanizmlari asosan ish vaqti uchun mo‘ljallangan.

XVJ siyosatchilarni oldindan choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Xususan, tokenlashtirilgan aktivlarning huquqiy maqomini aniqlash va hisob-kitoblarni xavfsiz pul bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri XVJ 2026-yilgi global iqtisodiyot bo‘yicha prognozini yaxshilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek