Saida Mirziyoyeva Donald Trampning vakili bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, muloqot mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tgan
Saida Mirziyoyeva Tramp vakili bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuv Mar-a-Lagoda bo‘lib o‘tgan. Mirziyoyeva ushbu uchrashuvdan mamnunligini bildirib, samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik izhor etdi. Uning ta’kidlashicha, muloqot mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tgan.

«Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman», — deya qayd etgan Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva Administratsiyada kadrlar tarkibini yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek