
Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida «Inter» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilib, 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv «Juzeppe Meatsa» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Jarohatdan forig‘ bo‘lib maydonga qaytgan Lautaro Martines uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq hisobni ochdi. 40-daqiqada rimliklar safida Janluka Manchini hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Hoqon Chalxano‘g‘li uzoq masofadan super zarbasi bilan darvozabonni ojiz qoldirib, hisobni oshirdi.
Ikkinchi bo‘limni milanliklar hujumlar bilan boshladi. Dastlab 52-daqiqada Lautaro Martines dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Markus Tyuram o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Nikolo Barella 63-daqiqada hisobni yirik 5:1 ko‘rinishiga olib keldi.
70-daqiqada hamda Lorenso Pellegrini hisobni qisqartirdi va o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi. Ushbu g‘alabadan keyin Kristian Kivu shogirdlari turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan hamshahari «Milan»dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Ikkinchi o‘rindagi «Milan» klubi zaxirasida bitta o‘yin mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lionel Messining dubli «Inter Mayami»ga g‘alaba taqdim etgani haqida xabar bergan edi.