Tesla 80 mingta Supercharger zaryadlash qurilmasini o‘rnatdi

6-aprel 2026 13:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tesla 80 mingta Supercharger zaryadlash qurilmasini o‘rnatdi
Foto: Vanarama

Tesla kompaniyasi elektromobillar uchun 80 mingta tezkor zaryadlash qurilmasini o‘rnatdi. Bu haqda Teslanorth nashri xabar qilmoqda.

Yubiley zaryadlash nuqtasi Fransiyaning Sen-Saturnen hududida, mashhur Le-Man poyga trassasi yaqinida joylashgan. Bu Tesla’ning Yevropadagi faol kengayishini yana bir bor tasdiqlaydi. So‘nggi yillarda Supercharger tarmog‘i juda tez sur’atda rivojlanmoqda. 2023-yil sentabrda kompaniya 50 mingta zaryadlash nuqtasiga yetgan edi. 2024-yil oktabrda bu ko‘rsatkich 60 mingga chiqdi. 2025-yil iyunida esa 70 minglik marraga erishildi.

Foto: Tesla

Eng e’tiborlisi, Tesla oxirgi 9 oy ichida yana 10 mingta yangi zaryadlash qurilmasini ishga tushirdi. Bu esa kompaniya ushbu sohada raqobatchilardan ancha oldinda ekanini ko‘rsatadi.

Supercharger tarmog‘i Tesla’ning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizim elektromobil egalari uchun tez va ishonchli zaryadlash imkonini beradi. Natijada, uzoq masofalarga bemalol safar qilish imkoniyati kengaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tesla birinchi V4 Supercharger stansiyasini ishga tushirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek