O‘zbekiston va Afg‘oniston internet erkinligi bo‘yicha bir xil ball to‘pladi

Xalqaro miqyosda 2026-yilgi global internet erkinligi indeksi natijalari e’lon qilindi. Joriy yilda O‘zbekiston maksimal 100 balldan 24 ball to‘plagan. Bu haqda Cloudwards xabar bermoqda.
Mintaqaviy ko‘rsatkichlar turlicha taqsimlangan bo‘lib, Markaziy Osiyoda Tojikiston 56 ball va Qirg‘iziston 52 ball bilan mintaqada nisbatan yaxshi natija ko‘rsatgan. Qozog‘istonning reytingdagi bali 36 ni tashkil qildi. Afg‘onistonda esa ushbu raqam 24 ballga teng bo‘ldi.
Global miqyosda eng past ko‘rsatkichlar Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Eronda qayd etildi. Ko‘rsatib o‘tilgan davlatlarning har biri atigi 4 balldan to‘plagan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni 12 ball olgan bo‘lsa, Mongoliya 76 ball bilan yuqori erkinlik darajasini ko‘rsatgan.
Reytingda eng yuqori ballni Irlandiya, Norvegiya va Yangi Zelandiya qayd etdi. Ushbu mamlakatlar 100 dan 92 ball to‘plagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Forbes dunyoning eng boy insonlar ro‘yxatini yangilangani haqida xabar bergan edi.