Namangan tumanida bosh arxitektor pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namangan tumanida bosh arxitektor pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori $1,5 ming pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, arxitektor tumandagi oilaviy korxona rahbariga yashash uyining bir qismida yangi tashkil etilayotgan avtomobil yuvish shoxobchasining loyiha hujjatlarini tayyorlab, qurilish ishlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni va’da bergan. Buning uchun esa korxona rahbaridan $1,5 ming talab qilgan.

Bosh arxitektor ushbu summaning $500 ni olgan va qolgan $1 mingni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan korxona mas’ullari ushlangan edi.

Shuningdek