Xose Mariya Mendes rasman O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi

6-aprel 2026 17:36 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘zbekiston futzal federatsiyasi

Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida O‘zbekiston futzal federatsiyasi va ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolandi. Tadbir davomida u milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ommaga tanishtirildi.

Foto: O‘zbekiston futzal federatsiyasi

Matbuot anjumanida O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbari Bekzod Mamatqulov, O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston futzal federatsiyasi

Ma’lumot uchun, Xose Mariya Pazos Mendes 1974-yil 28-mart kuni Ispaniyaning Lugo shahrida dunyoga kelgan. Yoshligida darvozabon sifatida futzalni boshlagan murabbiy 22 yoshda futzalchilik faoliyatini yakunlagan. Murabbiylik faoliyati davomida Tayland, Vyetnam, O‘zbekiston U-18 va O‘zbekiston terma jamoalarida ishlagan.

Ispaniyalik mutaxassis birinchi marta 2011–2012 yillarda ikkinchi marta esa 2014–2017 yillar O‘zbekiston terma jamoasida ishlagan. Xose Mariya Mendes boshqaruvida eng yaxshi natija 2016-yilgi Osiyo kubogida kumush medal hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Futzal bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston Avstraliya ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek