Samsung Messages ilovasi shu yilning iyulidan ishlashni to‘xtatadi

6-aprel 2026 18:06 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Messages ilovasi shu yilning iyulidan ishlashni to‘xtatadi / Foto: Gizchina

Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarida avtomatik ishlaydigan xabarlar ilovasi Samsung Messages’ni 2026-yil iyul oyida bekor etishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Messages ilovasi 2026-yil iyul oyidan boshlab xizmatini to‘xtatadi. Shu munosabat bilan Samsung foydalanuvchilardan Google Messages ilovasiga o‘tishni tavsiya etmoqda.

Kompaniya, shuningdek, foydalanuvchilarga Messages ilovasida aniq bekor qilinish sanasini tekshirishni maslahat bermoqda. Android 11 yoki undan eski versiyalarda ishlaydigan qurilmalar xizmat tugashidan ta’sirlanmaydi va Samsung Messages ilovasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Yangi Samsung qurilmalari, jumladan, Galaxy S25 seriyasi, Galaxy Z Fold6, Galaxy Z Flip6 va undan keyingi modellarda avtomatik ishlaydigan xabarlar ilovasi sifatida Google Messages o‘rnatilgan. AQShda esa Samsung Messages ilovasi bekor qilinish jarayoni Galaxy S22 liniyasi bilan boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A seriyasida AirDrop funksiyasi joriy etilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek