Bangladeshda qizamiq epidemiyasiga qarshi favqulodda emlash boshlandi

eʼlon qilindi
Favqulodda emlash dasturi 18 ta yuqori xavfli tumanlarda boshlandi
Bangladeshda qizamiq epidemiyasiga qarshi favqulodda emlash boshlandi / Foto: First News Media

Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat bo‘ylab tez tarqalayotgan qizamiq epidemiyasiga qarshi favqulodda emlash kampaniyasini boshladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Kampaniya bir milliondan ortiq bolalarni qamrab oladi va UNICEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Gavi, Emlash alyansi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Favqulodda emlash dasturi 18 ta yuqori xavfli tumanlarda boshlandi. Ushbu hududlarda oltidan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga ustuvor e’tibor qaratiladi, ayniqsa, muntazam emlashdan chetda qolganlar va og‘ir asoratlar xavfi yuqori bo‘lganlar.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha mamlakatda 17 ta tasdiqlangan o‘lim, 113 ta shubhali o‘lim va 7,5 mingdan ortiq shubhali infeksiyalar qayd etilgan. UNICEF vakili Rana Flowers qizamiq kasalligining keskin oshgani, eng yosh va zaif bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi va bu holat immunitet bo‘shliqlarini ochib berishini bildirgan.

Ba’zi yuqori yuklamali hududlardagi shifoxonalar allaqachon to‘lib qolgan va cheklangan quvvat bilan ishlamoqda. Bu esa epidemiyaning tarqalish xavfini oshirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyaning hozirda 64 tumanining 56 tasiga yetganini, ammo favqulodda emlash kampaniyasi amalga oshirilgach, kasallik tez orada nazoratga olinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimida faoliyat yuritishni boshlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek