Sirdaryodagi maktabda yigit va qiz janjallashdi

eʼlon qilindi
Hodisa 31-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim muassasalaridan birida sodir bo‘lgan
Foto: Videodan olindi

Sayxunobod tumanidagi maktabda o‘quvchilar o‘rtasidagi kelishmovchilik jiddiy mojaro bilan yakunlanib, huquqiy choralar ko‘rildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

Unga ko‘ra, hodisa 31-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim muassasalaridan birida sodir bo‘lgan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video orqali keng jamoatchilik e’tiborini tortgan.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 11-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi o‘z sinfdoshi bilan yuzaga kelgan tortishuv vaqtida jahl ustida qiz bola yuziga zarba bergan. Natijada jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urgutdagi maktabda direktor o‘rinbosari o‘quvchi bilan mushtlashgani haqida yozgandi.

Shuningdek