Neft narxi 4 yillik maksimumga yaqinlashdi

eʼlon qilindi
WTI nefti esa $116 dan yuqoriga ko‘tarildi
Neft narxi 4 yillik maksimumga yaqinlashdi
Foto: Unsplash

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida jahon bozorida neft narxi yana keskin oshmoqda. 7-aprel kuni Brent markali neft $111 dan oshib, 2022-yil iyundan beri eng yuqori darajaga yaqinlashdi.

Bozorlarda bu o‘sish AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronga qo‘yilgan ultimatum bilan bog‘liq. Vashington Tehronga 7-aprelgacha sulh shartlariga rozi bo‘lish talabini qo‘ygan. Aks holda Tramp Eron yo‘q qilinishi mumkinligini aytgan. WTI nefti esa $116 dan yuqoriga ko‘tarildi.

Geosiyosiy xavf ortgani sabab investorlar ehtiyotkor pozitsiyani egalladi. Ayrim savdogarlar neft sotib olib, AQSh aksiyalarini sotishni boshladi. Osiyo bozorlarida aralash holat kuzatildi. MSCI mintaqaviy indeksi 0,7% ga o‘sdi, Yaponiya Nikkei esa 0,3% ga pasaydi. S&P 500 fyucherslari 0,4% ga tushdi.

Foto: Oilprice.com saytidan ekran tasviri

Eron esa AQSh tahdidlariga javoban, agar zarba berilsa, Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilar infratuzilmasiga hujum qilishini bildirgan. Tehron sulh taklifini rad etdi va sanksiyalar to‘liq bekor qilinishini talab etmoqda. Agar energetika obyektlariga zarba berilsa, bu vaziyatni yanada keskinlashtiradi. Bu esa global energiya ta’minotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yaqin Sharqdagi notinchlik sabab neft narxi 115 dollardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek