Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy hushsiz holatda ekani aytilmoqda

Eronning amaldagi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy hushsiz holatda ekani va Qum shahrida davolash muolajalarini o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
AQSh va Isroil razvedka xizmatlari Mojtaba Xomanaiyning og‘ir kasallikka chalinganini tasdiqlamoqda. Manbalarga ko‘ra, u ayni damda hushsiz holatda bo‘lib, davlat ishlari bilan shug‘ullanish layoqatiga ega emas.
Shu bilan birga, Qum shahrida Ali Xomanaiyni dafn etish uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgani aniqlangan. Bu yerda bir nechta qabr uchun mo‘ljallangan yirik maqbara qurilishi rejalashtirilmoqda. Qum shahri Tehrondan 130 km janubda joylashgan bo‘lib, islomdagi shia olamida muqaddas maskan hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Media Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.