«Beshqo‘rg‘on» bozoridagi yong‘in ortidan bir nechta obyektlar yopildi

5-aprel kuni Chilonzor tumanidagi «Beshqo‘rg‘on» bozorida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin hudud atrofidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi va savdo kompleksi tekshirildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan. Xususan, yoqilg‘i saqlash sig‘imiga juda yaqin joylashgan binodan ombor sifatida foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Savdo kompleksidagi avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi esa nosoz holatda ekani aniqlangan.
Boshqara yana bir nechta yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinmaganini qayd etgan. Shu sababli barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar ushbu obyektlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Yong‘in o‘zi qanday sodir bo‘ldi

5-aprel kuni soat 15:56 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi «Beshqo‘rg‘on» savdo majmuasida yong‘in yuz berdi. Savdo majmuasining 3000 kv.m maydoni hamda undagi moddiy boyliklar saqlab qolingan. Shuningdek, yong‘in yaqin hududdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va 5 qavatli avtoturargohga tarqalishining oldi olingan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Surxondaryodagi gaz zapravkasida yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.