«Kar» haydovchini haqorat qilgan shaxslar qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda eshitish qobiliyati cheklangan haydovchini haqorat qilgan shaxslar videosi tarqaldi. Holatga aloqador shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish maqsadida ikki nafar yigit tomonidan ataylab tashkil qilingan. Videoda haqoratga uchragan haydovchi esa aslida kar bo‘lmagan.
Mashinani boshqargan yigitning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani ham aniqlangan. Bu bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hodisa yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilib, haydovchiga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi, mashinadagi ikki yo‘lovchiga esa 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 yoshli qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga qarshi jinoyat ishi ochilgani haqida yozgan edik.