Dollar yana oshdi: 8-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
7-aprelda esa 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etgan edi
Dollar yana oshdi: 8-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

8-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 1-aprel kuni 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m, 2-aprel kuni esa 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘m bo‘ldi. 3-apreldan dollar yuqorilashni boshladi: shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni, 6-aprelda 20,83 so‘mga oshib, 12 170,67 so‘mni, 7-aprelda esa 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 52,46 so‘mga oshib, 14 116,20 so‘mni, rubl esa 0,71 so‘mga oshib, 155,00 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek