Benzin narxi bir oyda 13,5 foizga o‘sdi

O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasida benzin narxi bir oy ichida 13,5 foizga o‘sdi. 5-mart kuni AI-92 bir tonna narxi 11,84 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 6-aprel kuni 13,43 mln so‘mga yetdi.
Birja savdolarida eng katta o‘sish dizel yonilg‘isida qayd etildi. Uning narxi 13,1 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mga chiqib, 22,8 foizga oshdi. Paxta tolasi narxi 17,6 mln so‘mdan 19,4 mln so‘mga chiqib, 10,4 foizga o‘sdi. Bu xomashyo segmentida ham faollik oshganini ko‘rsatadi.

Ayrim tovarlar arzonlashdi. Eng katta pasayish paxta yog‘ida kuzatildi. Uning narxi 17,9 mln so‘mdan 12,3 mln so‘mga tushib, 31,3 foizga kamaydi. Shrot narxi 6,9 foizga pasaydi. Suyultirilgan gaz 8 foizdan ortiq arzonlashdi. Sement va shakar narxlari esa deyarli o‘zgarmadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh va Eron o‘rtasida sulh tuzilganidan so‘ng neft narxi keskin pasaygani haqida yozgan edi.