500 ming so‘mlik banknota chiqariladimi — Markaziy bank izoh berdi

eʼlon qilindi
Markaziy bank rasmiy bayonot bilan chiqdi
Foto: Ochiq manbalardan olindi

O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknota muomalaga kiritilishi haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy bayonot bilan chiqdi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yangi yirik nominaldagi pul chiqarilishi, hatto unda Mirzo Ulug‘bek tasviri bo‘lishi haqida turli yangiliklar tarqaldi. Biroq regulyator bularni mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumot sifatida rad etdi.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, pul birliklari dizayni va nominali faqat qonun asosida hamda rasmiy tartibda belgilanadi. Agar yangi banknota joriy etiladigan bo‘lsa, bu haqda oldindan ommaviy axborot vositalari orqali rasman e’lon qilinadi.

Shuningdek, ilgari ham ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming so‘mlik kupyura haqida soxta rasmlar tarqalgan edi. Regulyator bunday yangiliklar hech qanday huquqiy asosga ega emasligini yana bir bor eslatdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda eng ommabop kupyura ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek