Turkiyada Ibrohim Chelikkol, Mustafa Checheli va boshqalar giyohvandlik bo‘yicha qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Tergov doirasida to‘qqiz kishiga hibsga olish orderi berilgan
Foto: Turkiye today

Istanbulda giyohvandlik moddalariga qarshi o‘tkazilgan yirik operatsiya natijasida taniqli musiqachilar Melek Mosso, Simge Sag‘in va Ilkay Shenjan qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiye today xabar bermoqda.

Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida jami 9 kishiga nisbatan hibsga olish orderi berilgan. Dastlabki hibsga olinganlar orasida Mustafa Checheli, Bengu Erden va aktyor Ibrohim Chelikkol kabi taniqli shaxslar ham bor. Ular «giyohvandlik moddalarini shaxsiy maqsadlarda sotib olish, saqlash, ishlatish va yetkazib berish»da ayblangan.

Qo‘lga olingan shaxslardan Sud-tibbiyot ekspertizasi institutida qon va soch namunalari olingan hamda ular dastlabki so‘roq uchun sudga olib kelingan.

Sud yakunlariga ko‘ra, qo‘lga olingan uchala san’atkor – Melek Mosso, Simge Sag‘in va Ilkay Shenjan ozodlikka chiqarilgan. Biroq Simge Sag‘in va Ilkay Shenjanga mamlakatni tark etish taqiqi qo‘yildi. Melek Mosso esa hech qanday yuridik cheklovlarsiz qo‘yib yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada Hande Erchel va uning sobiq yigitini hibsga olishga orden berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek