Bitkoin asoschi Buyuk britaniyalik kriptograf bo‘lishi mumkin — OAV

eʼlon qilindi
Taxmin ostidagi shaxs bu iddaolarni inkor qildi
Bitkoin asoschi britaniyalik kriptograf bo‘lishi mumkin — OAV / Foto: Getty Images

Bitkoin asoschisi Satoshi Nakamoto aslida Buyuk britaniyalik tadbirkor Adam Bek (Adam Back) bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar ommalashdi. New York Times jurnalistlari bu borada bir yarim yil davomida tergov olib bordi.

Maqola mualliflari Bekning ko‘plab elektron xatlari va onlayn nashrlarini Satoshi xabar va postlari bilan solishtirib, ular orasida sezilarli o‘xshashliklar mavjudligini qayd etgan. Ushbu tahlilda Bekning Satoshi faol bo‘lgan davrdagi internetdagi onlayn faolligi ham hisobga olingan.

Adam Bek kriptovalyuta olamida noma’lum shaxs emas. Britaniyalik tadbirkor kriptografiya sohasida ham yetuk mutaxassis sifatida tanilgan. Ma’lumki, u internetda Satoshi Nakamoto bilan muloqot qilgan va aynan 1997-yilda Hashcash tizimini ishlab chiqqan. Bu tizim esa Bitkoin’ning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Shunga qaramay, Bek New York Times maqolasiga javoban o‘zi Satoshi Nakamoto emasligini ta’kidlagan. U jurnalistlar keltirgan dalillarni ko‘plab tasodifiy o‘xshashliklar va shov-shuvparast insonlarning oddiy farazi deya izohladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bitkoin narxi 10 ming dollargacha tushishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek