«Bavariya» safarda «Real»dan ustun keldi, AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishdi — 8-aprel kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 8-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi
Foto: The Times

Kursiv Uzbekistan 8-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi

500 ming so‘mlik banknota chiqariladimi — Markaziy bank izoh berdi

Foto: Ochiq manbalardan olindi

O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknota muomalaga kiritilishi haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy bayonot bilan chiqdi. So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yangi yirik nominaldagi pul chiqarilishi, hatto unda Mirzo Ulug‘bek tasviri bo‘lishi haqida turli yangiliklar tarqaldi. Biroq regulyator bularni mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumot sifatida rad etdi.

«Bavariya» safarda «Real»dan ustun keldi

Foto: UEFA

Madriddagi «Santiago Bernabeu» stadionida UEFA Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasida «Real Madrid» Germaniyaning «Bavariya» klubini qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Serj Gnabriyning himoyachilar orasidan uzatgan to‘pini Luis Diaz darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq maydon egalari to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Maykl Olise to‘pni egallab olib, Harri Keynga pas berdi. Angliyalik hujumchi esa nishonda adashmadi.

Hisobda ortda borayotgan «Qirollik klubi» ketma-ket hujumlar uyushtirdi va 74-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi. Trent Aleksandr-Arnold qanotdan uzatgan to‘pni Kilian Mbappe darvozaga joylab qo‘ydi. Yakuniy hisob – 1:2.

Urush tugadimi: tomonlar ikki haftalik sulhga kelishdi

Urush tugadimi: tomonlar ikki haftalik sulhga kelishdi
Foto: Al Jazeera

AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi. Unga ko‘ra, AQSh Eron hududiga hujumlarni vaqtincha to‘xtatadi. Donald Tramp ushbu sulhni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Uning aytishicha, agar dengiz yo‘llari ochiq qolsa, AQSh Eron hududiga hujumlarni to‘xtatadi. Shu bilan birga, Tramp bu kelishuvni AQSh harbiy operatsiyalarining muvaffaqiyati sifatida baholadi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham sulhga tayyor ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, agar Eron hududiga hujumlar to‘xtatilsa, jangovar harakatlar yakunlanadi. Muzokaralar jarayonida Pokiston muhim vositachi sifatida qatnashmoqda. Bosh vazir Shahboz Sharif AQShdan belgilangan muddatni ikki haftaga uzaytirishni so‘ragan. Shuningdek, tomonlar 10-aprel kuni Islomobodda uchrashib, yakuniy kelishuvni muhokama qiladi.

Chevrolet yangi avtomobilini taqdim etadi — tafsilotlar

Chevrolet yangi avtomobilini taqdim etadi - tafsilotlar
Foto: Kursiv Uzbekistan / Samijon Juraqulov

General Motors yangi Chevrolet Sonic 2027 krossoveri haqida dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi. Model yaqin kunlarda Braziliyada ilk bor ommaga taqdim etiladi. Yangi Sonic kompaniyaning Janubiy Amerika bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan. U mintaqa bozori uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich darajadagi krossover hisoblanadi. Avtomobil dizayni kupe uslubida ishlangan. Tashqi ko‘rinishda zamonaviy va sportiv chiziqlar qo‘llanilgan. Ishlab chiquvchilar model dizayni Chevrolet Equinox EV dan ilhomlanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va AQSh qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi

O‘zbekiston va AQSh qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston va AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bilan qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va korporatsiya rahbari Ben Blek ishtirokidagi uchrashuvida ma’lum qilindi. Uchrashuv davomida yirik investitsiya loyihalari portfeli muhokama qilindi. Tomonlar iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langan

2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m nafaqa to‘langan
Foto: Pexels

2026-yil boshidan buyon 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langan. Bu haqda Ijtimoiy milliy himoya agentligi ma’lum qildi. Agentlikka ko‘ra, joriy yildan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash tizimi o‘zgargan. Endi ushbu nafaqalar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan proaktiv tarzda tayinlanmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, davlat va nodavlat sektoridagi ish beruvchilar nafaqa to‘lashdan to‘liq ozod etildi. Barcha to‘lovlar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Andijonda Cobalt haydovchisi ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yubordi

Foto: Avto.ru

3-aprel kuni Andijon shahrida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi turarjoy dahasidan chiqayotgan paytda ikki nafar yosh bolani urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati YHXB xabar bermoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi soat 18:47 da «Hamdo‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mustaqillik ko‘chasida yuz bergan. 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi Cobalt avtomobilida e’tiborsizlik oqibatida mazkur baxtsiz hodisani sodir etgan.

Rossiyada issiqxona ishlariga 250 nafar o‘zbekistonlik taklif qilinmoqda

Foto: Eastfruit.com

O‘zbekiston fuqarolar uchun Rossiyada issiqxona yo‘nalishida ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Mazkur vakansiya Qadam Global xususiy bandlik agentligi orqali e’lon qilingan bo‘lib, ish beruvchi Rossiyadagi Globaltreydkomplekt kompaniyasi hisoblanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Taklifga ko‘ra, umumiy hisobda 250 nafar ishchi bir yil muddatga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi. Oylik maosh 70 ming rubldan boshlanishi, shuningdek, bir oylik sinov muddati mavjudligi bildirilgan. Nomzodlardan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lish, jismonan sog‘lom va mas’uliyatli ishlash talab etiladi. Ish beruvchi tomonidan yashash joyi, kuniga uch mahal ovqat, ish kiyimi va transport xizmati kabi sharoitlar taqdim etilishi aytilmoqda.

O‘zbekistonlik besh nafar bokschi WBC reytingining kuchli o‘nligidan joy oldi

Kollaj / Kursiv Uzbekistan

Jahon boks kengashi (WBC) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning turli vazn toifalarida O‘zbekistonning besh nafar vakili kuchli o‘nlikka kiritildi. O‘ta og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) ishtirok etayotgan ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov WBC reytingida 10-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu vazn toifasida dastlabki 3 ta o‘rinni mos ravishda Lourens Okoli, Mozes Itauma va Entoni Joshua band etgan.

Shuningdek