9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
9-aprel soat 20:00 gacha amal qiladi

9-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25°, kechasi esa 6-13° atrofida bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat (°C) | Kechki harorat (°C) | Yog‘ingarchilik shakli |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 20-22 | 9-11 | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 20-25 | 6-11 | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 20-25 | 8-13 | Kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 20-25 | 8-13 | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 20-25 | 8-13 | Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 18-23 | 8-13 | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | 7-12 | 2-7 | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq; tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi, sel-suv toshqin ehtimoli bor |