Amir Temurning 690 yilligi: buyuk sarkarda va davlat arbobi merosi

eʼlon qilindi
Amir Temur 1336-yilda Keshda, bugungi Shahrisabz hududida tug‘ilgan
Amir Temurning 690 yilligi: buyuk sarkarda va davlat arbobi merosi
Foto: Pexels

9-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi. U nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan shaxs sifatida e’tirof etiladi.

Amir Temur 1336-yilda Keshda, bugungi Shahrisabz hududida tug‘ilgan. Yoshligidan harbiy san’atga qiziqib, qisqa vaqt ichida kuchli qo‘mondon sifatida tanildi. U tashkil etgan imperiya o‘z davrida eng qudratli davlatlardan biri bo‘ldi.

Temur davlatni markazlashgan tizim asosida boshqardi. Uning siyosati tartib-intizom va qat’iy qonunlarga tayangan edi. Aynan shu yondashuv orqali u katta hududlarni nazorat qilishga erishdi.

Uning davrida Samarqand yirik siyosiy va madaniy markazga aylandi. Shahar ilm-fan, me’morchilik va savdo rivojlangan maskan sifatida tanildi. Registon maydoni, madrasa va saroylar Temuriylar davrining yuksak madaniyatidan darak beradi.

Amir Timurning o‘chmas va dono fikrlari

Foto: Pexels
  • «Kuch — adolatda».
  • «Saltanat ishlarini tartib-intizom va qonun asosida yuritgan kishi yuksaladi».
  • «Yaxshi odamlar bilan hamkorlik qilgan kishi yutadi».
  • «Bilim va tafakkur insonni ulug‘ qiladi».
  • «Aql bilan ish tutgan kishi adashmaydi».
  • «Dushmanni yengishdan oldin, o‘zingni yeng».
  • «Har bir ishda sabr va matonat zarur».

Uning harbiy yurishlari

Amir Temur dastlab Movarounnahr hududida hokimiyatni mustahkamladi. So‘ngra u qo‘shni yerlar ustidan nazoratni kengaytirishni boshladi. Uning ilk yirik yurishlari Xuroson va Eron tomon yo‘naltirilgan bo‘lib, bu hududlar qisqa vaqt ichida Temur qo‘shinlari tasarrufiga o‘tdi. Keyinchalik u Oltin O‘rda hududiga yurish qildi. Bu yurishlar davomida Temur kuchli raqib hisoblangan To‘xtamishxon qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Natijada Oltin O‘rda zaiflashdi va uning siyosiy ta’siri keskin kamaydi.

Foto: Ochiq manba

Amir Temur Hindiston tomon ham yurish uyushtirdi. 1398-yilda Dehli egallandi. Bu yurish iqtisodiy jihatdan katta boyliklar olib kelgani bilan tarixda muhim o‘rin tutadi. G‘arb yo‘nalishida esa Temur Usmonlilar davlatiga qarshi yurish olib bordi. 1402-yilda bo‘lib o‘tgan Anqara jangida u Bayezid I qo‘shinlarini tor-mor etdi. Bu g‘alaba Usmonlilar imperiyasining vaqtincha zaiflashishiga olib keldi.

Shuningdek, Amir Temur Kavkaz, Iroq va Suriya hududlariga ham yurishlar amalga oshirdi. Bu hududlarda ham u o‘z hukmronligini o‘rnatdi va savdo yo‘llari ustidan nazoratni qo‘lga oldi. U taxminan 4-5 mln kvadrat kilometr hududni egallagan mamlakatga asos soldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda har aprel oyi «Amir Temur oyligi» bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek