Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalardan kriptovalyutada to‘lov talab qilmoqchi

eʼlon qilindi
Tarif har bir barrel neft uchun $1 etib belgilanishi mumkin
Foto: Altaf Qadri/AP

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi neft tankerlaridan kriptovalyuta orqali to‘lov olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Irish Times nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har bir tanker bo‘g‘ozdan o‘tishdan oldin yuklari haqida Eron rasmiylariga ma’lumot berishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng ularga to‘lanadigan boj miqdori belgilanadi. Tarif har bir barrel neft uchun $1 etib belgilanishi mumkin. To‘lovlar esa asosan bitkoin kabi kriptovalyutalarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu choralar orqali bo‘g‘ozdan noqonuniy yuklar, jumladan, qurol tashilishini oldini olish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, har bir kemani tekshirish jarayoni vaqt talab qilishi va o‘tish sekinlashishi mumkinligi ham ta’kidlangan.

Vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda Eron ayrim hollarda tankerlar harakatini vaqtincha to‘xtatganini ham ma’lum qilgan. Xususan, Isroilning Livanga bergan zarbalari fonida bo‘g‘oz orqali neft tashish cheklangani qayd etilmoqda.

Shuningdek, ruxsatsiz o‘tishga uringan kemalarga nisbatan kuch ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar ham berilgan. Bu esa xalqaro yuk tashish kompaniyalari orasida xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Masalan, Maersk kabi yirik logistika kompaniyalari vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini va hozircha ehtiyotkor pozitsiyada qolayotganini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Goldman tahlilchilari Hormuz yopiq qolsa, Brent neftining narxi $100 dan yuqori bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek