Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi — video

eʼlon qilindi
Suvenir to‘plamlari ham
Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi / Foto: Markaziy bank

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi.

Video: Markaziy bank

Sotuvda ikki xil dizayndagi esdalik tangalari taqdim etilgan bo‘lib, har biri 31,1 gramm og‘irlikda va Amir Temur siymosini aks ettiradi. Shu bilan birga, har biri 31,1 gramm bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari ham xaridorlarga taklif qilingan. Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari nafaqat tarixiy merosni qadrlovchi shaxslar, balki kolleksionerlar uchun ham qiziqarli mahsulot hisoblanadi. Tangalar yuqori sifatli materiallardan tayyorlanganligi tufayli uzoq muddat saqlanish va qiymatini yo‘qotmaslik imkoniyatiga ega.

Foto: Markaziy bank

Ma’lumot uchun, esdalik tangalar va suvenir to‘plamlari narxi va banklardagi mavjudlik bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida har kuni e’lon qilib boriladi.

9-aprel holatidagi esdalik tangalarni sotish va qayta sotib olish narxlari:

Og‘irligiMaterialSotish narxiQaytarib sotib olish narxi
31,1 grOltin61 426 000 so‘m57 331 000 so‘m
31,1 grKumush1 875 000 so‘m919 000 so‘m

Eslatib o‘tamiz, Sohibqirov tavalludi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Shuningdek