10-aprel kuni o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda
eʼlon qilindi
10-aprel soat 20:00 gacha amal qiladi

10-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kechasi harorat 1–15° orasida, kunduzi esa 10–28° atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumot viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 23-25° | 10-12° | Yo‘q |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 23-28° | 8-13° | Yo‘q |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 22-27° | 10-15° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent va Sirdaryo viloyatlari | 20-25° | 8-13° | Yo‘q |
| Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari | 20-25° | 8-13° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Surxondaryo viloyati | 22-27° | 10-15° | Yo‘q |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 20-25° | 8-13° | Yo‘q, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | 10-15° | 1-6° | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari xavfi bor |
Eslatib o‘tamiz, 10 – 12-aprel kunlari tog‘li hududlarda sel va suv toshqini xavfi e’lon qilingan edi.