iPhone 17 Pro’ga o‘xshash Honor 600 va 600 Pro ilk bor rasman namoyish etildi

10-aprel 2026 11:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Honor
Foto: Honor

Honor kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlari Honor 600 va Honor 600 Pro dizaynini ilk bor namoyish qildi. Qurilmalar tashqi ko‘rinishi bilan iPhone 17 Pro seriyasiga o‘xshashligi bilan e’tibor tortmoqda.

Yangi modellarda katta to‘rtburchak kamera bloki qo‘llanilgan bo‘lib, bu dizayn premium segmentga xos yechim sifatida baholanmoqda. Eng muhim jihatlardan biri – 200 megapikselli asosiy kamera mavjudligi tasdiqlangani bo‘ldi.

Honor
Foto: Honor

Shuningdek, kompaniya smartfonlarda sun’iy intellekt funksiyalariga alohida urg‘u bermoqda. Xususan, ular Google bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan SI texnologiyalari, jumladan, tasvirlardan qisqa videolar yaratish imkonini beruvchi yechimlar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Honor
Foto: Honor

Texnik xususiyatlarga ko‘ra:

  • Honor 600 modeliga Snapdragon 7 Gen 4 protsessori;
  • Honor 600 Pro modeliga esa yanada kuchli Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi o‘rnatilishi mumkin;
  • oddiy modelda 2 ta, Pro versiyada 3 ta kamera moduli bo‘ladi;
  • har ikki qurilma 6,57 dyuymli OLED displey, 120 Hz yangilanish chastotasi va 1.5K aniqlikni qo‘llab-quvvatlaydi;
  • batareya sig‘imi taxminan 7000 mA/soat (Xitoy versiyasida 9000 mA/soatgacha) bo‘lishi mumkin.
Honor
Foto: Honor

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonlar narxi 600 yevrodan boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor 600 va 600 Pro modellari qanday texnik xususiyatlarga egaligi haqida yozgandi.

Shuningdek