«Neftchi» sodiq muxlisini Onix avtomobili bilan taqdirladi — video

10-aprel 2026 10:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
«Neftchi» sodiq muxlisini Onix avtomobili bilan taqdirladi — video
Foto: Videodan ekran tasviri

Farg‘onada «Neftchi» klubining sodiq muxlisi Qahramon Ne’matov Onix avtomobili bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qahramon Ne’matov Yozyovondagi eng fidoyi muxlislardan biri hisoblanadi. U o‘tgan turda «Neftchi»ning Navoiyda «Qizilqum»ga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun Farg‘onadan Navoiygacha qariyb 800 kilometr yo‘l bosib borgan. Uzoq va mashaqqatli safarga qaramay, muxlis jamoani qo‘llab-quvvatlab, g‘alabani birga nishonlab ortga qaytgan.

Video: UzPFL

E’tiborlisi, u bu safarni eski «Moskvich» avtomobilida amalga oshirgan. Qahramon Ne’matov 40 yildan buyon jamoaga sadoqat bilan muxlislik qilib kelmoqda. Unga 6-tur uchrashuvi oldidan «Istiqlol» stadionida Onix avtomobili topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Neftchi» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek