Toshkentdagi «Askiya» bozori vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Bunga bozorda yong‘in xavfsizligi talablari jiddiy darajada buzilgani sabab bo‘lgan
Toshkentdagi «Askiya» bozori vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi
Toshkentdagi «Askiya» bozori vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi / Foto: Yakkasaroy tuman hokimligi

Poytaxtning «Askiya» dehqon bozori faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bunga bozorda yong‘in xavfsizligi talablari jiddiy darajada buzilgani sabab bo‘lgan, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi bir qator savdo obyektlarida yong‘in nazorati tekshiruvlari o‘tkazilgan. Natijada bir nechta bozorlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmayotgani aniqlangan.

Xususan, Abu Saxiy bozori, Qo‘yliq qurilish bozori hamda O‘rikzor savdo kompleksining ayrim hududlarida kamchiliklar sabab elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi. Shu bilan birga, boshqa bozorlarda ham xuddi shunday choralar ko‘rilgan.

«Askiya» bozorida esa aniqlangan muammolar jiddiy bo‘lgani bois, obyekt to‘liq elektr energiyasidan uzilgan va savdo jarayoni to‘xtatilgan.

Mas’ullar ta’kidlashicha, ushbu choralar tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun emas, balki favqulodda holatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kamchiliklar bartaraf etilgach, bozor va boshqa savdo obyektlarining faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Risoviy» bozori hududi auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.

Shuningdek