
Xitoyning Leapmotor kompaniyasi yangi Leapmotor B05 Ultra modelini dilerlik markazlariga yetkazishni boshladi. Yangilangan elektromobilning savdosi aprel oyida start oladi.
Yangi B05 Ultra model qatoridagi eng yuqori komplektatsiya bo‘ladi. U 180 kW quvvatga ega elektr motor bilan jihozlangan bo‘lib, bu taxminan 241 ot kuchiga teng. Model sport uslubidagi tashqi ko‘rinish va yangilangan salon bilan ajralib turadi.

Salon ham qayta ishlangan. Old o‘rindiqlar sport uslubida tayyorlangan bo‘lib, ular massaj funksiyasi bilan jihozlangan. Ichki qismda sun’iy zamsh materiallari keng qo‘llangan, xavfsizlik kamarlarida esa modelga xos bezaklar mavjud.
Hozircha B05 Ultra narxi rasman e’lon qilinmagan. Ammo standart B05 modellari Xitoyda 97 800 yuandan 121 800 yuangacha, ya’ni taxminan $14,3 mingdan $17,8 minggacha sotilmoqda. Shu bois yangi Ultra versiya undan qimmatroq bo‘lishi kutilmoqda.


Texnik jihatdan B05 4430 mm uzunlikka ega bo‘lib, 56,2 kWh va 67,1 kWh sig‘imli batareyalar bilan taklif etiladi. Mos ravishda 515 km va 605 km yurish zaxirasini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Leapmotor D19 avtomobili qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.