Baydenning o‘g‘li Trampning farzandlarini jangga chorladi

eʼlon qilindi
Hozircha Tramp oilasi bu chaqiriqqa rasmiy munosabat bildirmagan
Baydenning o‘g‘li Trampning farzandlarini jangga chorladi
Foto: Uk.news

AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden Donald Trampning katta o‘g‘illari bilan jangda to‘qnash kelishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u mashhur bloger Endryu Kallagan bilan suhbatda aytib o‘tgan.

Xanter Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Kallagan uni kichik Don Tramp yoki Erik Tramp bilan jang qilish uchun tashkil etilayotgan loyihaga taklif qilgan. U bu taklifni qabul qilishga tayyor ekanini ochiq aytgan.

«Agar bu jangni tashkil qilishsa, men rozi bo‘laman», – degan u.

Hozircha Tramp oilasi bu chaqiriqqa rasmiy munosabat bildirmagan. Kichik Don Tramp va Erik Tramp tomonidan hech qanday izoh berilmagan.

Video: Instagram/ @channel5

Ma’lum qilinishicha, Xanter Bayden hozirda jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan. U avvalgi intervyularidan birida $15 mln atrofida qarzi borligini aytgan. Bu, asosan, sud va advokat xarajatlari bilan bog‘liq.

Jang o‘tkazilsa, unda mukofot puli bo‘ladimi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum. Shu bilan birga, kichik Don Tramp yaqinda aralash jang san’ati bilan bog‘liq kompaniyada maslahatchi sifatida ishlay boshlagan. Bu esa ehtimoliy jangga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Hormuz bo‘g‘ozi bloklanishi sababli Eronga haqoratli tahdid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek