Buxoroda ekologiyaga 1,3 mlrd so‘mlik zarar keltirgan yuridik shaxs aniqlandi

eʼlon qilindi
Ish Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, sud boshqarma tomonidan kiritilgan da’voni to‘liq qanoatlantirgan
Buxoroda 1,3 mlrd so‘mlik daraxt kesilgani aniqlandi
Foto: Ekologiya boshqarmasi

Buxoro viloyatining Olot tumanida ekologiyaga 1,3 mlrd so‘mlik zarar keltirgan yuridik shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yilda Olot tumani hududidan o‘tuvchi Jondor kanalida qazish ishlari olib borilgan. Shu jarayonda yuridik shaxs rahbari tomonidan 154 tup qimmatbaho turung‘ul daraxtlari kesilgan. Tekshiruv natijasida bu holat tabiatga jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya boshqarmasi

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ekologik zarar miqdori 1 mlrd 302 mln so‘m etib baholangan. Shundan so‘ng mazkur holat bo‘yicha sud jarayonlari boshlangan.

Ish Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, sud boshqarma tomonidan kiritilgan da’voni to‘liq qanoatlantirgan. Qarorga muvofiq, yetkazilgan zarar to‘liq hajmda javobgar yuridik shaxsdan undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) faoliyatida aniqlangan ekologik kamchiliklar ortidan korxonaga yirik miqdorda tovon puli belgilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek