Dollar yangi haftani pasayish bilan boshlaydi: 13-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

13-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 39,69 so‘mga pasayib, 12 158,59 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
6-aprelda 20,83 so‘mga oshib, 12 170,67 so‘mni, 7-aprelda esa 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi. 8-aprelda 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mga, 9-aprelda esa 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mga yetdi. 10-apreldan AQSh valyutasi pasayishni boshladi: shu kuni 30,3 so‘mga pasayib, 12 198,28 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 2,57 so‘mga pasayib, 14 238,92 so‘mni, rubl esa 1,31 so‘mga oshib, 157,88 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.