Soliq tizimida hisobotlar avtomatlashtirilib, yagona hisobvaraq joriy etiladi

eʼlon qilindi
Turli darajadagi (tuman, shahar va respublika) soliqlarni birlashtiruvchi yagona hisobvaraq tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonda soliq tizimini yanada qulay va zamonaviy qilish maqsadida bir qator yangi takliflar ilgari surildi. Ular orasida suv, yer qa’ridan foydalanish hamda aksiz soliqlari bo‘yicha hisobotlarni avtomatik shakllantirish tizimini joriy etish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Mazkur tashabbuslar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan soliq ma’murchiligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi vakili Timur Ismoilov ma’lum qildi.

Takliflarga ko‘ra, turli darajadagi (tuman, shahar va respublika) soliqlarni birlashtiruvchi yagona hisobvaraq tizimi joriy etiladi. Hozirgi amaliyotda esa har bir soliq turi uchun alohida hisoblar mavjud bo‘lib, bu ko‘plab xatolarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noto‘g‘ri hisob raqamlariga pul o‘tkazilishi bilan bog‘liq 20 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Yangi tizim aynan shunday muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Yangi strategiyada soliq organlari faoliyatini tubdan o‘zgartirish ham ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsad — soliq to‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va jarayonni maksimal darajada soddalashtirish.

Xususan, hisobotlarni avtomatik shakllantirish orqali buxgalterlar zimmasidagi ayrim vazifalar soliq organlari tomonidan bajariladi. Bu esa soliq to‘lovchilar uchun vaqt va resurslarni tejash imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Soliq nazorati jarayonlari majburiy videoga olinishi belgilangani haqida yozgandi.

Shuningdek