O‘zbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasidan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Litsenziya talablarini qo‘pol buzgan
Dorixona
O‘zbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasidan mahrum qilindi / Rasm sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi

Litsenziya talablarini qo‘pol buzgan 23 ta dorixonaning faoliyati O‘zbekistonda to‘xtatilib, ularning litsenziyalari bekor qilindi. Bu haqda Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaning faoliyat yuritish huquqi bekor qilingan.

Tekshiruvlar davomida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Xususan:

  • dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va sotish;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tmagan preparatlarni realizatsiya qilish;
  • markirovkasiz, sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarini savdoga chiqarish holatlari aniqlangan.

Litsenziyasi bekor qilingan dorixonalar turli hududlarda faoliyat yuritgan. Eng ko‘p holatlar Samarqand viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan. Shuningdek, Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ham qonunbuzarliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik sodir etgan dorixonalar va ularning xodimlari maxsus reyestrga kiritilmoqda. Bu esa kelgusida ularning faoliyatini yana qayta nazorat qilish va takroriy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, farmatsevtika sohasida nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi. Qonunchilik talablarini buzgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan choralar ko‘rish davom etadi va bunday holatlar ochiq e’lon qilib boriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dorilar narxini oshirgan 991 ta dorixona 8,5 mlrd so‘m asossiz daromad qilgani aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek