Hormuz bo‘g‘ozidan nechta kema o‘tdi

eʼlon qilindi
Bo‘g‘oz orqali o‘tgan kemalarning faqat 4 tasi neft, gaz yoki kimyoviy mahsulot tashigan tankerlar bo‘lgan
Hormuz bo‘g‘ozidan nechta kema o‘tdi
Foto: Pexels

AQSh va Eron o‘rtasida sulh tuzilganidan beri atigi 19 ta kema Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tgani ma’lum qilindi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Mojaro boshlanishidan oldin esa mazkur ko‘rsatkich kuniga o‘rtacha 138 tani tashkil etardi. Bu yuk tashish hajmining keskin kamayganini anglatadi.

Bo‘g‘oz orqali o‘tgan kemalarning faqat 4 tasi neft, gaz yoki kimyoviy mahsulot tashigan tankerlar bo‘lgan. Qolganlari esa konteyner va boshqa yuk tashuvchi kemalardan iborat.

Iqtisodiy tahlilchilar vaziyatni juda xavfli deb baholamoqda. Kema egalari hali ham hududdan o‘tish xavfsizligiga ishonch hosil qila olmayapti. Shu sababli ko‘plab kompaniyalar qatnovni vaqtincha to‘xtatgan. Tahlillarga ko‘ra, hozirda 800 ga yaqin kemalar bo‘g‘oz atrofida qolib ketgan. Ularning aksariyati yuk bilan to‘ldirilgan bo‘lib, birinchi navbatda aynan shu kemalarni chiqarish ustuvor vazifa bo‘ladi.

Manba: BBC

Bundan tashqari, kemalar uchun qo‘shimcha xavf ham mavjud. Dengizda minalar bo‘lishi ehtimoli va Eron tomonidan ruxsat talab qilinishi tashuvchilarni yanada ehtiyotkor bo‘lishga majbur etmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, kemalardan o‘tish uchun to‘lov talab qilinishi ham mumkin. Bu esa xalqaro sanksiyalar sababli yana murakkabliklarni keltirib chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalardan kriptovalyutada to‘lov talab qilmoqchi ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek