Buxorodagi yangi xalqaro aeroport uchun 370 gektar maydon ajratilgan

eʼlon qilindi
Loyihaga ko‘ra, uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi
Buxoroda yangi xalqaro aeroport uchun 370 gektar maydon ajratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida shaharda barpo etiladigan yangi xalqaro aeroport loyihasi bilan tanishdi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aeroport va unga tutash infratuzilmani qurish uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyiha doirasida aeroportga olib boruvchi avtomobil yo‘li ham barpo etilmoqda. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etadi. Shundan 2,7 kilometri mutlaqo yangi yo‘l bo‘ladi, 21,1 kilometri esa rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 9 ta yerosti piyodalar o‘tish joyi va 8 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay harakatni ta’minlaydi.

Yangi aeroport zamonaviy talablarga to‘liq javob berishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi. U barcha turdagi havo kemalarini qabul qila oladi. Aerovokzal majmuasi esa soatiga 1200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun tender e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek