O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi

eʼlon qilindi
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etilgan
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi
Foto: Yuz.uz

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining savdo hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvida qayd etildi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv boshida Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar hududlarda muntazam o‘tkazilayotgan norasmiy uchrashuvlar samarali muloqotga xizmat qilayotganini ta’kidladi. O‘tgan yil noyabr oyida erishilgan kelishuvlar amaliy natija berayotgani qayd etildi. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Tovar ayirboshlash hajmi $5 mlrdga yetdi. Avtomobilsozlik, logistika, infratuzilma va qurilish sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralarda kimyo, energetika, geologiya va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi. Transport va logistika yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish, chegaradagi infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, «Qambarota» GES loyihasi va «yashil» energiya eksporti bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik loyihalarni ilgari surish muhim ekani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, kosmik soha va startaplarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikni kengaytirishga kelishdi. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, yoshlar forumlari va turizmni qo‘llab-quvvatlash rejalari ham belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek