O‘zbekistonlik futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

eʼlon qilindi
Sportchi faoliyati davomida «Paxtakor», «Navbahor» va boshqa qator mahalliy klublarda to‘p surgan
Foto: Telegram

O‘zbekistonlik futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida olamdan o‘tdi. Uning so‘nggi klubi «Do‘stlik Toshkent» jamoasi hisoblanadi.

Xushnudbek Avilov o‘zining professional faoliyati davomida O‘zbekiston chempionatining bir qator jamoalarida o‘ynagan. Xususan, u turli yillarda «Turon», «Navbahor», «Andijon», «Qo‘qon-1912» hamda «Paxtakor» klublari sharafini himoya qilgan.

Sportchi O‘zbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan bo‘lib, xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan. O‘zbekiston ichki chempionati doirasida esa 2024-yilgi mavsumda «Do‘stlik Toshkent» klubi safida 4 o‘yinda maydonga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Dizayn jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek