13-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

13-aprel kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ob-havo asosan quruq va iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.
Kunduzi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ayrim hududlarda u 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

Havo harorati 25-30 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham quruq ob-havo saqlanadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 darajani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 11-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.